Talaba qizlarga erta turmush qurishning salbiy oqibatlari tushuntirildi
21.11.2022, 16:19

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” hamda partiya shahar Kengashi tashabbusi bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi oilaviy tibbiyot texnikumida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda, O`zLiDeP viloyat hamda shahar Kengashi vakillari, hamkor tashkilot vakillari hamda tibbiyot texnikumida tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, 18-25 yosh qizlarning bilim olishi, kasb egasi bo‘lishi va mehnat qilish uchun qulay yosh hisoblanadi. Qolaversa, hali o‘z qadri, huquqlari va o‘zini-o‘zi himoya qilish tushunchalarini anglab yetmagan, jismonan va ruhan to‘la shakllanmagan yosh qizlarning biron kasb-hunar egallamasdan, bilim olmasdan, mutaxassislikka ega bo‘lmasdan oila qurishi kelgusida ularga ko‘plab muammolar tug‘diradi.
Ba’zi hollarda qizlar ota-onalari, qarindosh-urug‘lari qistovi bilan turmushga chiqayotgan hollar ham uchraydi. Bunday kezlar, ular o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lishi, zarur hollarda mahallada yoki joylardagi xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbir davomida talabalarga nafaqat erta-turmushga chiqishning salbiy oqibatlari, balki “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” to‘g‘risida ham batafsil tushunchalar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Saida Umaraliyeva,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
Fikringizni qoldiring