Ko‘kdalalik ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

21.11.2022, 17:14

Ko‘kdalalik ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Ko‘kdala tumani markazida qad rostlagan markaziy poliklinikada O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Yaqin atrofdagi mahalla va qishloqlardan kelgan 80 nafardan xotin-qizlar malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdilar. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 10 nafar xotin-qizlarga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. 20 nafari esa mazkur shifoatxonada o‘z salomatligini tiklaydigan bo‘ldi.  

 - Qishloq ayollari turmush tashvishlaridan ortib, malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun vaqt va mablag‘ topa olmaydilar, -deydi viloyat kengashi deputati Momosuluv Berdiqulova. – Shuni hisobga olgan holda bugungi tadbirda malakali shifokorlarni taklif etdik. Ko‘pchilik opa-singillarimiz o‘zlarida mavjud kasalliklarni eshitib, ko‘rikni tashkil etganligimiz uchun bizga minnatdorchilik bildirishdi. Albatta, tuman yangidan tashkil etilganligi bois tuman xotin-qizlariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator kamchiliklar bor.

Tadbir jarayonida xotin-qizlarning salomatligini muhofaza qilish, yosh qizlarni turmushga tayyorlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amaliy takliflar bildirildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+