Tibbiyot muassasasi qoshida 200 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan yangi BPT tuzildi

24.11.2022, 16:49

Tibbiyot muassasasi qoshida 200 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan yangi BPT tuzildi

Ayni kunlarda Andijon viloyatining barcha joylarida “O’zLiDeP bilan yuksalish sari!” shiori ostida ma’naviy-targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Albatta, O’zLiDeP viloyat, shahar, tuman kengashlari tomonidan ham mazkur tadbirlarni o‘tkazilishida ilg‘or tashabbuslari ilgari surilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Paxtaobod  tumanidagi tibbiyot bo‘limiga qarashli “Madaniyat” shifoxonasida bo‘lib o‘tdi. O’zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi tomonidan tibbiyot muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O’zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichi, mamlakatimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdagi innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Unda so‘z olgan O’zLiDeP  Andijon viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, tumandagi faol boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari hamkorlikdagi ishlar samarasini jamiyat ko‘zgusida namoyon eta bilish zarurligini alohida ta’kidladilar.

-O’zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yganini bugun hayotimizning har bir kunidagi ulkan o‘zgarishlarda yaqqol ko‘ryapmiz, - deydi muassasa bosh shifokori  Nurillo Ramazonov. – “O’zLiDeP bilan yuksalish sari!” degani oddiy so‘zlar tizilmasi emas. U aslida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarining ifodasidir. Bugun partiya hamnafasligida o‘tkazilayotgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlkatimizda ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdir.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarli javob oldilar. Mazkur tibbiyot muassasasi qoshida 200 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    228
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+