Deputat maktablar faoliyatini o‘rgandi

30.11.2022, 15:20

Deputat maktablar faoliyatini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deputati  B.Aldamuratov o‘zi saylangan hudud  Qorao‘zak tumanidagi umum ta’lim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, tumandagi 1 sonli umum ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish borasidagi ishlar, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari xaridi, yetkazib berilishi, saqlanishi, o‘quvchilarni ovqatlantirish holati, o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Xalq  vakilining o‘rganishlari  davomida tuman hududidagi “Madaniyat” OFY da joylashgan 24-sonli umum ta’lim maktabining yangi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. 

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+