Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi

30.01.2024, 10:11

Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatov Jarqo‘rg‘on tumanidagi korxona va tashkilotlar faoliyatini o‘rgandi. Tadbirkorlarning muammolariga quloq tutdi. Deputatga tuman hokimi o‘rinbosari Botir Safarbuvayev hamrohlik qildi.

Dastlab, “Qorayontoq” mahallasida faoliyat ko‘rsatayotgan “Parranda” fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Yutuqlar bilan birga, muammolar ham tinglandi. Tadbirkor parrandalarga ozuqa mahsulotlarini olishda tijorat bankidan kredit olish masalasi bo‘yicha yordam so‘radi. Keyingi manzil “Yangiobod” mahallasida joylashgan “Surxonsementinvest” xususiy korxonasi bo‘ldi. Ushbu korxonada atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishdek muhim masala turganligi ma’lum bo‘ldi. “Ulug‘bek” mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “SURXONTEKS” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasida esa elektr energiyasi muammosi tadbirkorga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shuningdek, deputat “Qo‘shtepa” mahallasida davlat rahbarining qarori bilan tashkil etilayotgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, infrastruktura yo‘nalishida bir qator muammo va kamchiliklar aniqlandi.

Ushbu kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi va bu bo‘yicha deputat nazorati o‘rnatilib, so‘rovlar yuboriladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    95
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+