“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi

30.01.2024, 12:29

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashida voha xotin-qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova so‘zga chiqib, “O’zbekiston – 2030” Strategiyasining  25-30-maqsadlarining ijrosi yuzasidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyalash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasidagi qilinayotgan ishlar haqida batafsil fikr yuritdi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning barcha muammolarini ularning har birini “individual dasturlari”da qayd etish, manzilli yordamlarni berish orqali yil yakuniga qadar turmush sharoitlarini yaxshilash, mustaqil hayot kechirishlari gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga yetkazish, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka   murosasizlik muhitini yaratish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

- Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish mazkur muhim hujjatdan o‘rin olgan, - dedi G. Xudoyorova. – Yosh qizlarimizni milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan barcha ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytiriladi. Ayniqsa, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash katta e’tibor qaratiladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+