Qoraqalpog‘istonda 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 293,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan

07.12.2022, 15:10

Qoraqalpog‘istonda 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 293,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish birinchi yo‘nalish sifatida belgilangan.

Prezidentimizning Navoiy viloyati faollari bilan o‘tkazilgan  uchrashuvlarda  Mahalla  jamiyatning yorug‘ yuzi va vijdoni  ko‘zgusidir aholi uchun barcha sharoitlar birinchi navbatda mahallaning o‘zida bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida bejizga alohida urg‘u berib o‘tmadilar.

Bugungi  kunda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida 424 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining faoliyati tizimli o‘rganilib, amaliy yordam berish maqsadida seminarlar, o‘quvlar tashkil etilmoqda.

 Bu borada Ellikqala tumanidagi “Ellikqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Sh.O’temisov, MFYdagi   vakillar Kengashi a’zolari, tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari  va OAV vakillari ishtirok etdi.

Amaliy seminarda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga asosan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorning, qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining, hududdagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-2023 yillarda mahallalar  infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida
252 ta mahallada jami 259 tadbirni amalga oshirish uchun 293,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganligi, bugungi kunda har bir ob’ektlarga mahalliy Kengash deputatlari biriktirilgan holda deputatlik nazorat ishlarini amalga oshirishi to‘g‘risida tushunchalar berilib o‘tildi.

Bundan tashqari, “Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarni aynan  o‘zlarining  tashabbuslari asosida hal qilish imkoniyati yaratilganligi, bu borada deputatlar, mahalla faollarining aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Seminar savol javoblar, fikr almashuvlar va takliflarga boy bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+