Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

09.12.2022, 15:58

Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasiining 56-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini  oshirish bo‘limi, O’zLiDeP  Chilonzor tuman Kengashi va Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Chilonzor tumanidagi “Navbahor” va “Xalqlar do‘stligi” mahallalaridagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar oliy toifali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

  • Ko'rildi
    287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+