Bugungi islohotlarda yoshlarning o‘rni g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda

13.12.2022, 12:07

Bugungi islohotlarda yoshlarning o‘rni g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda

O’zbekiston haqiqiy ma’noda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulg‘ayotgan yigit qizlarning orzulari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda ko‘mak beradi.

Prezident Shavkat Mirziyovning “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, deb aytgan so‘zlari yoshlar uchun katta marralar sari yo‘l ochdi.

Toshkent Arxitektura-qurilish institutida O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkori” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Boburjon Rasulev, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Abdumalik To‘laganov, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar bugungi islohotlarda yoshlarning o‘rni g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlashdi.  Yoshlarning takliflari, fikr mulohazalari tinglandi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar partiyaga a’zo bo‘lish taklifini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+