Ayollarning muammo va takliflari o‘rganildi

15.12.2022, 11:51

Ayollarning muammo va takliflari o‘rganildi

O’zLiDeP Marhamat tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan partiyaning “Farovon oila” loyihasi doirasida tuman hokimligi binosida “Ajrimlar profilaktikasi va salbiy holatlarga moyillik muammo vazifa hamda uni yechish yo‘lari” mavzularida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Unda  prartiya faollari, BPT raislari, deputatlar va Marhamat tumani “Sho‘rqaqir”, “Chilon” MFYda istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar ham  ishtirok etishdi.

Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosi, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida, oila institutini mustahkamlash borasida olib borilayotgan  keng ko‘lamli ishlar xususida ma’lumotlar berdi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi Muxarramxon Gulmatova “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ayollar masalalari bilan ishlashda olib borilayotgan manzilli ishlarni o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Uchrashuvlar davomida ajrim yoqasida turgan “Chilon” MFYda yashovchi Yusupjonova Muxlisa va Nodirbeklarning oilasi saqlab qolindi.

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+