Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

23.12.2022, 16:31

Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

Mamlakatimizda  eng katta investitsiya ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor bu xalqimizning  ko‘zlagan oliy maqsadlaridan biridir. Davlatimiz rahbari Murojaatnomasining ikkinchi yo‘nalishi aynan ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan. 

Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi.

Bu borada yetarli tajriba orttirildi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi.

Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich  sinflari o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish  bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

         «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» davlat dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1-4-sinflar) o‘quvchilarini O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilandi.

Joriy o‘quv yilida Vazirlar Mahkamasining 2022 yi  25 avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ham qabul qilindi.

Qoraqalpog‘istonda joriy etilishi natijalari haqida ko‘yidagi ishlar amalga oshirildi.

Keytering usulida ovqatlanishda bolalarning kunlik ratsionlarida talab qilinadigan 470−500 kkaloriyaga ega bo‘lgan ovqat tabiiy meva sharbati, chirin choy, konditer  va meva mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

Keytering tashkiloti  tomonidan bolalarga ratsioniga mos va xavfsiz bo‘lgan mahsulotlarni qadoqlab, saqlab hamda ularni sanitariya-gigiyena talablariga mos holda yetkazib berilmoqda.  Ayniqsa, bugungi kunda respublikamizda 13 ta  keytering tashkilotlarida jami 120 dan ortiq xodimlarning bandligi ta’minlandi.

Qoraqalpog‘iston  maktablarida  143 ming 577 nafar o‘quvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qiydi. Agar, bir nafar o‘quvchiga kuniga ota-onalardan ketadigan mablag‘i 4 ming so‘mdan hisoblanganda oyiga 84 ming so‘m carflanadi. Demak, yiliga  bir nafar o‘quvchidan 672 ming so‘mdan ota-onalar mablag‘i tejalyapti.

Bu yuqoridagi amalga oshirilgan ishlar albatta ota-onalar uchun quvonarli. Sababi, har bola uchun beriladigan mablag‘i tejalyapti. Shuningdek, umumta’lim maktablarida kunlik davomat 98-100% ko‘tarildi.

Shuning bilan birga, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bir martalik ovqat yetkazib beriladi, o‘quvchilarni o‘z sinf xonalarida ovqatlanishi tashkil etildi. «Bu bir tomondan maktabida oshxona yoki bufeti yo‘q maktablarga hamda olis hududdagi umumta’lim maktablariga boradigan o‘quvchilar uchun anchagina qulaylik yaratildi.

Bir so‘z bilan aytganda, biz – xalq vakillari Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni hayotga izchil tatbiq etishda yanada faol va tashabbuskor bo‘lishimiz zarur.

Sharapat O’temisov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi rahbari

  • Ko'rildi
    937
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+