Talaba yoshlarga Yoshlar parlamenti saylovi targ‘ib qilindi
27.01.2023, 18:13

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbuskorligida partiya Ohangaron shahar Kengashi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ohangaron filiali 2-bosqich talabalari uchun Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan saylov targ‘ib qilindi.
Unda bugun yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, ularni jamiyatning siyosiy jihatdan faol qatlamiga aylantirishga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani xususida fikr yuritildi.
Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazishdan maqsad yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni Konstitutsiyamiz va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda parlament faoliyatiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, parlamentda Partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish, yigit va qizlarni huquqiy madaniyatini oshirish orqali Vatanga, o‘z xalqiga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishdan iboratligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yosh parlamentchilarni saralab beradigan saylovning o‘tkazilish tartibi, shartlari, nizomi, borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
Loyihada ishtirok etishni istagan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring