TATUning Farg‘ona filiali talaba yoshlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
31.01.2023, 16:55

O'zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O'zliDeP Farg‘ona viloyat Kengashi apparat rahbari X.Raxmonov, viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari X.Xaydarov ishtirok etib, Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan muhim masalalar, yosh kadrlar zahirasini shakllantirish va ularni mamlakat taraqqiyotida olib borilayotgan muhim islohotlarni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lishga chorlash zarurligi xususida to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili dasturida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar partiyaning g‘oyalari bilan hamohang ekanligi va kelgusida hamkorlikda qator ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Tadbir yakunida o‘qituvchilar partiya a’zoligiga ariza berdilar va universitet direktori F.Muxtorovga partiyaning a’zolik guvohnomasi topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya yosh olimlar nigohida
27.03.2023, 15:55
-
Jizzaxlik talaba-yoshlar o‘z tengdoshlarini referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi
27.03.2023, 13:14
-
“REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ” deyishmoqda namanganlik talaba yoshlar
25.03.2023, 14:24
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
23.03.2023, 14:55
Fikringizni qoldiring