Yoshlar parlamenti saylovi eng chekka hududdagi yoshlarni ham qamrab olmoqda
01.02.2023, 18:57

Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ishlari Qoraqalpog‘iston Respubliksida ham jadallik bilan olib borilmoqda. Shu kunlarda yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlikning birinchi bosqichi doirasidagi jarayonlar davom etmoqda.
Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida tanlov nizomida belgilangan tartibda nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish ishlari qizg‘in pallasiga kirgan.
Hozirgi kunda saylov jarayoniga oid nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonida tuman yoshlarining partiya bilan xayrixoxligi, har jabhada faol, tashabbuskorligi, qobiliyati, qonunchilik sohasidagi bilim va tajribasi, huquqiy va siyosiy savodxonligi, erishgan muvaffaqiyatlari, keng jamoatchilik orasida o‘zgalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan shijoatli yoshlarni saralab olishga ahamiyat qaratilmoqda.
Maqsad esa yoshlarni parlament bilan yanada yaqinlashtirish, ularning siyosiy jarayonlardagi faolligini yanada oshirishdan iborat. Mazkur saylov jarayonlari Orol bo‘yi mintaqasining tumanlarida davom etmoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring