Ayol ardoqlangan jamiyatda oila mustahkam bo‘ladi

03.02.2023, 16:22

Ayol ardoqlangan jamiyatda oila mustahkam bo‘ladi

O‘zLiDeP ayollarning jamiyat va davlat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ularni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘radi. Partiya bu boradagi ishlarda “Ayollar qanoti”ning faol  xotin-qizlariga tayanadi.

O‘zLiDeP Buxoro shaxar Kengashi raisining ayollar masalalari buyicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati huzuridagi respublika "Tadbirkor ayollar klubi” hamda "Zamin madad tayyorlov savdo" MChJ rahbari Mamlakat Sodikova tashabbusi bilan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida “Farovon oila” loyihasi doirasida seminar-trening  tashkil etildi.

Unda  ishtirok etgan Buxoro muhandislik texnologiya instituti professor o‘qituvchilari, viloyat IIB ning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimalari hamda viloyat bojxona boshqarmasining shahodatlangan va yordamchi xizmat ko‘rsatish guruhi xodimalari  mavzu yuzasidan o‘zaro  fikr almashdilar.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda oilalar tinchligini ta’minlash, jamiyatda ayollarning o‘rnini mustahkamlash borasida ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta’biiyki, bu jarayon o‘z-o‘zidan ayollarning dunyoqarashini yuksaltirib, jamiyatda ularning ziyoli qatlamini tobora kengaytirishni talab etadi. Viloyat bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tgan treningda ham aynan shu jihatlar e’tiborga olindi.

Shuningdek, tadbirda yurtimizda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib ulgurgani, sohaga oid 30ga yaqin qonunchilik hujjati qabul qilinganligi ta’kidlandi. Jumladan, 2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqilganligiga ahamiyat qaratilib, tadbir ishtirokchilarning  bu boradagi fikrlari chuqur tahlil etildi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida partiya “Ayollar qanoti” guruhi bilan hamkorlikda olib boriladigan vazifalar belgilanib, bu yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirishga kelishib olindi.

 

  • Ko'rildi
    270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+