Eng faol yoshlar saralab olinyapti
03.02.2023, 16:30

Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ishlari barcha hududlarda bo‘lgani kabi Namangan viloyatining barcha tuman va shahalarida nomzodlarni saralash bosqichi davom etyapti.
Namangan shahar va Davlatobod tumanlarida tanlov nizomida belgilangan tartibda nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish ishlari qizg‘in pallasiga kirgan.
Hozirgi kunda saylov jarayoniga oid nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonida shahar va tuman yoshlarining partiya bilan xayrixohligi, har jabhada faol, tashabbuskorligi, qobiliyati, qonunchilik sohasidagi bilim va tajribasi, huquqiy va siyosiy savodxonligi, erishgan muvaffaqiyatlari, keng jamoatchilik orasida o‘zgalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan shijoatli yoshlarni saralab olishga ahamiyat qaratilmoqda.
“Yoshlar parlamenti” saylovlarida ishtirok etishni istagan yoshlarning hujjatlari partiya mas’ullari hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilmoqda. Shuningdek, yoshlarga ushbu saylovga oid Nizom, saylovning o‘tkazilish tartibi, tadbirning saralash bosqichlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring