Viloyat hokimi o‘rinbosari hisob berdi

08.02.2023, 16:56

Viloyat hokimi o‘rinbosari hisob berdi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-sonli qarori ijrosini viloyatda ta’minlanishi yuzasidan viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodullo Azizovning hisoboti eshitildi.

 - Viloyat korxonalari va aholini kuzgi-qishki mavsumda issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi, - dedi M. Azizov. – Viloyatimizda 739 mingga yaqin  iste’molchilar bo‘lib, ularning elektr ta’minotini yanada yaxshilash, energiya tejovchi qurilmalarni o‘rnatish borasida tizimli ishlar bajarilyapti. 12,5 km ichimlik suv tarmoqlari va 70 dona nasos uskunalari mukammal hamda 25,50 km ichimlik suv tarmoqlari va 110 dona nasos uskunalari joriy ta’mirlandi.  

Prezidentimizning “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori doirasida viloyatda 30 ta ob’ektga 121,4 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, 26 ta inshoot va 619,8 km ichimlik suv tarmoqlari qurilishi natijasida 63,2 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Aholini ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 43,4 foizdan 53,6 foizga  yetkazildi. Xalq ta’limining 1221 ta muassasalaridan 131 tasi tabiiy gaz, 30 tasi tabiiy gaz va ko‘mir, 1057 tasi ko‘mir va 3 tasi markazlashgan issiqlik tizimi orqali isitiladi. Viloyat hududida jami 2207 ta ko‘p qavatli uylarga 74 ta “Boshqaruv servis kompaniyalari” xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2123 ta ko‘p qavatli uylardan 202 tasi markazlashgan issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.

Yig‘ilishda O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Ibrohim Xalilov, viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Arziqul Sherov, viloyat kengashi kotibiyat mudiri Nilufar O’taganova va boshqalar so‘zga chiqib,  vohadagi barcha ko‘p qavatli uylar issiqlik ta’minotini qayta yo‘lga qo‘yish, suvga to‘lib, muzlayotgan yerto‘lalar tartibga olish, uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish o‘rniga savdo do‘konlari va restoran hamda kafelar qurishni to‘xtatish,  anamal sovuq davrida tibbiyot muassasalari va ta’lim maskanlarini isitish, aholini suyultirilgan gaz, elektr nuri va qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlashda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Mazkur hisobot yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, viloyat kengashi sessiyasiga masala kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    194
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+