Deputat mahalladagi muammolarni o‘rgandi

09.02.2023, 15:14

Deputat mahalladagi muammolarni o‘rgandi

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhi a’zosi  Raxima Yuldasheva o‘zi saylangan hudud “Shabboz” MFY aholisi bilan muloqot qildi. 

Mazkur mahallada bugungi kunda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelayotgan bo‘lsa, yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etadi. Mahallada istiqomat qiladigan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, yoshlar, ayollar, temir daftarlarida turgan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ko‘p bolali oilalar, doimiy daromadga ega bo‘lmagan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning holidan xabar olish, ularning murojaatlarini tinglash maqsadida tuman Kengashi deputatlari,  hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari,  mahalla xotin-qizlar faollari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda  ish olib borilmoqda. 

Bugun ham deputat R.Yuldasheva bilan birgalikda mahalladagi fuqarolarning muammolariga quloq tutildi.

Fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, transformatorda tok kuchlanishi pastligi, “Kat” ko‘chasidagi piyodalar  yo‘lakchasiga svetafor o‘rnatish, ijarada yashayotgan fuqarolarning uy-joyga muhtojligi, kasalligi sabab nogironlik nafaqasiga chiqolmay yurganligi kabi masalalarda murojaatlar qilindi.

Aholining gaz, elektr masalasi borasidagi muammolari tuman mas’ul rahbarlari bilan yuzlanib muammo hal qilindi. Qolgan murojaatlar  yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natilib, nazoratga olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    752
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+