Yoshlar parlamenti saylovi: Navoiy viloyatidan 3 nafar nomzod Respublika bosqichiga tavsiya etildi

10.02.2023, 16:13

Yoshlar parlamenti saylovi: Navoiy viloyatidan 3 nafar nomzod Respublika bosqichiga tavsiya etildi

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylovlarning hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu saylovning dastlabki tuman va shaharlardan faol yoshlarning hujjatlar topshirish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Keyingi viloyat bosqichida yoshlarning iqtidori va salohiyati hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.

Mazkur Yoshlar parlamenti saylovi Navoiy viloyatida ham nizom talablariga muvofiq shaffof va ochiq tarzda tashkil qilinyapti.

Viloyatda jami 123 nafar faol yoshlar hujjat topshirdilar. Tuman-shaharlarda partiya faollaridan iborat hakamlar hay’ati nomzodlar orasidan yoshlarning jamoatchilik orasida o‘zining tashabbuskorligi, siyosiy savodxonligi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, shunindek, partiya tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbirlardagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan  24 nafar yosh yigit-qizlarni saralab oldilar.

Hakamlar tomonidan nomzodlarning siyosiy bilimlari, faoliyati davomida erishgan yutuqlari, shuningdek, partimizga dahldorligiga e’tibor qaratildi. Uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng 3 nafar nomzod saralashning respublika bosqichiga tavsiya etildi.

             O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+