Quyi bo‘g‘inlarning o‘tgan yilgi faoliyatiga baho berilyapti

17.02.2023, 15:18

Quyi bo‘g‘inlarning o‘tgan yilgi faoliyatiga baho berilyapti

“Koson tumani elektr tarmoqlari korxonasi” qoshida faoliyat olib borayotgan quyi bo‘g‘inning navbatdagi hisobot - saylov yig‘ilishida o‘tgan yilda qilingan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.  Prezidentimizning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2023 yil uchun ish-rejasi tasdiqlandi.

- Boshlang‘ich partiya tashkilotlari partiyaning asosiy tayanchi hisoblanadi, - deydi O`zLiDeP Koson tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Ulug‘bek Boymurodov. - Chunki tumanimizdagi mehnat jamoalarida, mahallalarda faoliyat yuritayotgan maslakdoshlarimizni partiya g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida birlashtiradigan tuzilma aynan quyi bo‘g‘inlardir.  Biz ikki oy ichida tumandagi barcha BPTlarning o‘tgan yildagi faoliyatini tanqidiy-tahliliy sarhisob etib, partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida davra suhbatlari ham tashkil etishni  rejalashtirganmiz.

Yig‘ilishda Dilshod Burhonov quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi.

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    109
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+