Deputat ehtiyojmand oilaning murojaatini hal qildi

17.02.2023, 15:30

Deputat ehtiyojmand oilaning murojaatini hal qildi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ismigul Xushmurodova “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida Qarshi tuman mahallalarida xonadonma-xonadon xatlov jarayonida xotin-qizlarning yashash sharoiti, ish bilan ta’minlanganligi, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.

O’rganish jarayonida ko‘pchilik qishloq ayollarini ish bilan ta’minlash borasidagi kamchiliklar, ular o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni  yo‘lga qo‘yish, issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik, tikuvchilik va hunarmandchilikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil etildi. Tuman kengashi va deputatlar ishtirokidagi o‘rganish jarayonida ishga solinmayotgan qator ichki imkoniyatlar borligi ayon bo‘ldi.

“Batosh” mahallasidagi Gulzor ko‘cha 16 uyda yashovchi, 1-guruh nogironi Risolat Qodirova nogironlik aravachasiga muhtoj ekanligini bildirdi. 20-Dasht saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashi deputati sa’y-harakatlari bilan unga viloyat Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni  rivojlantirish boshqarmasi tomonidan nogironlik aravachasi ajratildi. Shuningdek, nogiron ayolning tizzasini Toshkentdagi klinikada operatsiya qilish uchun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining orderi  ham olib yetkazib beriladigan bo‘ldi.

73 yoshni qarshilagan Oysuluv Mustafoqulova Navro‘z ko‘chasidagi bitta xonadonda  ikki kelini va qizi bilan 4 oila yashashar ekan.  Boz ustiga 1977 yil tug‘ilgan o‘g‘li Ibodulla Mustafoqulov  2-guruh nogironi. 2 ta farzandi bor. Davolanishi kerak. Oilaviy ahvoli og‘ir. 73 yoshi momo ro‘zg‘orni tebratishga to‘g‘ri kelyapti. Kelinlarini ish bilan ta’minlash, uy-joy qurishga yer ajratilishiga amaliy yordam so‘radi.

Deputat loyiha doirasida o‘rganilgan holat va aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun mutasaddilarga  so‘rovnoma yuborildi.  

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+