BPT sarhisobi: Talimarjon shahar boshlang‘ich tashkilotida 130 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan

22.02.2023, 16:54

BPT sarhisobi: Talimarjon shahar boshlang‘ich tashkilotida 130 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan

O’zLiDeP Nishon tuman Kengashi qoshidagi Talimarjon shahar boshlang‘ich    tashkilotida   hisobida 94 nafar partiya a’zolari bo‘lib, o‘tgan yil mobanida ular safi 30 nafarga kengaydi. Quyi bo‘g‘in tomonidan aholi turmush farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash borasida bir qator ibratli ishlar amalga oshirildi. Bugun shaharchada 130 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat olib bormoqda. Ularda 280 nafardan ortiq yigit-qizlarning bandligi ta’minlangan.

- Shaharchamiz Talimarjon suv ombori yonida joylashganligi bois, baliqchilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratayapmiz, -deydi BPT yetakchisi Bayrammurod Omonov. – 5 ta yosh tadbirkorimiz uy sharoitida baliqchilik bilan shug‘ullanib, yaxshigina daromad topmoqda. 8 ta ko‘l tashkil etgan tadbirkorlar vohamiz bozorlarini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlab kelishayapti. Bu yil 20 ga yaqin yoshlarning biznes loyihalarini amaliyotga tatbiq  etib, 50 dan ortiq yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirayapmiz.  Keyingi uch yil ichida shaharchamiz qiyofasi tubdan o‘zgardi. Ko‘chalar asfalt qilindi, madaniyat saroyi, ko‘p qavatli uylar, maktabgacha ta’lim muassasalari kapital rekonstruksiya qilindi. Ekilgan minglab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari shaharcha husniga husn qo‘shayotir. Hisobot davrida boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari tomonidan O’zLiDeP Nishon tuman  Kengashi bilan hamkorlikda ko‘plab saxovat tadbirlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari  amalga oshirilganligi haqida batafsil fikr yuritildi.     Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi murojaatidan so‘ng  viloyat kengashi deputati Ibrohim Xalilov tashabbusi bilan qishloq ichki yo‘llari shag‘al to‘kilib, sifatli ta’mirlandi.   Maktablarga yosh sportchilar uchun kurash matlari olib berildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida faollarni shaharchani obodonlashtirish, yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olish borasida amaliy takliflar bildirildi. Prezidentimizning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPT ning 2023 yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi masalalar belgilab olindi. 

Hisobot yig‘ilishi ishtirokchilari Bayrammurod Omonov zimmasiga yuklangan partiyaviy vazifalarni sidqidildan ado etganligi alohida e’tirof etishdi va uni bir ovozdan boshlang‘ich partiya tashkiloti raisligiga qayta saylashdi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    122
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+