Baxmalda uch nafar yoshlarning murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
24.02.2023, 11:56

Baxmal tumani 1-son kasb hunar maktabida O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “Yoshlarni kasb hunarga o‘rgatishda deputatlarning o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Kamola Jumanova, partiya faollari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etgan mazkur tadbirda yurtimizda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imtiyozlar, bu borada deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur kasb-hunar maktabida 436 nafar o‘quvchilar tahsil oladi. Ularning 236 nafari bitiruvchilar hisoblanadi. Shuningdek, ta’lim maskani qoshida hamshiralik, haydovchilik, payvandlash ustasi, tikuvchilik kabi o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda yon atrofdagi mahallalarda istiqomat qiladigan uyushmagan yoshlar o‘zlari tanlagan kasb-hunar sirlarini egallamoqdalar.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. O’z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 3 nafar yoshlarning murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi.
Zayniddin Eshqulov,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
STM va deputatlik guruhlari bilan ishlash
bo‘limi mudiri.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring