O`zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi: Qamashida 30 nafar xotin–qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

24.02.2023, 11:57

 O`zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi: Qamashida 30 nafar xotin–qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O`zLiDeP Qamashi Kengashi hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada partiya “Ayollar qanoti”ning  “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Millat salomatligi – yurt qudrati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda O`zLiDeP Qamashi tuman Kengashi apparati rahbari Kamol Shodmonov, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Barno Xo‘janova va boshqalar so‘zga chiqib, mazkur tadbirdan ko‘zda tutilgan maqsad onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, umr uzoqligini  ta’minlash, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, chekka qishloqlarda sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini aholi keng qatlamlari, ayniqsa, onalar va qizlar ongiga singdirish, xotin-qizlarning to‘g‘ri ovqatlanish hamda gigiyenaga rioya qilish hamda reproduktiv salomatlik, sog‘lom turmush tarzi borasidagi tibbiy savodxonligini oshirishdan iborat ekanligini alohida ta’kidlashdi.  

- Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish salomatlikni asrashning muhim omilidir, -deydi shifokor Dilafro‘z Davlatova. – Inson o‘z salomatligini asrashi uchun qayg‘urishi,  tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechishi,   noto‘g‘ni ovqatlanish, kam harakatlanish  natijasida barcha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni o‘z vaqtida oldini olish hamda davolash choralarini ko‘rishda tibbiy ko‘riklarning muhimligini  alohida ta’kidlashdi.

 Birlashmaning malakali shifokorlari tomonidan 30 nafar xotin –qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan o‘n nafarida kamqonlik, ginekologik, tizza bo‘g‘im yemirilish kasalliklari aniqlandi va tuman tibbiyot birlashmasida davolanish  uchun yo‘llanmalar  berildi.

 Shu kuni shifokorlar uyda yotib qolgan og‘ir bemorlar uchun ham tibbiy ko‘rik tashkil etilib, kerakli muolajalar qilishdi. Samarqand MFY Oybek ko‘chasi 59 - uyda yashovchi birinchi gurux nogironi Ozoda Mansurova, Ozoda va Xolida Boynazarovalar xonadonida bo‘lishib, bemorlarning tibbiy holatini ko‘zdan kechirdilar hamda  davolanish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar tavsiya etishdi.

  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+