Prezidentimizning “Obod qishloq” dasturi O‘zLiDeP faollari oldida ham katta mas’uliyat yuklaydi
30.03.2018, 14:46
Kuni kecha e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori eng avvalo, olis qishloq va mahallalarimizning qiyofasini zamonaviylashtirishga, qishloq aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, aholi uchun ish joylarini yaratishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Shu o‘rinda, respublikamiz aholisining salkam yarmisi qishloq hududlarda yashab kelayotganligi hamda ularning fidokorona mehnati, dehqon, fermer, chorvador va mirishkorlarning sa’y-harakatlari natijasida dasturxonimiz mo‘l-ko‘l bo‘layotganini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan ilk manzil – Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Manas” QFY bugun chinakamiga obod qishloqqa aylanayotgani olis va chekka hududlarda yashayotgan yurtdoshlarimiz hayotida chin ma’noda yangi sahifa ochayotgani fikrimizning yaqqol ifodasidir.
“Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlarida O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Manasdagi obodonlashtirish ishlarida o‘z hissalarini qo‘shdi. O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, “Yoshlar qanoti” faollari, tadbirkorlar ushbu xayrli ishlarda uyma-uy yurib, har bir xonadon egalari bilan dildan suhbat qilishdi. Muloqotlar davomida fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoitlari o‘rganilib, bo‘sh turgan tomorqalardan daromad olish yo‘llari borasida tushunchalar berildi. Tajribali mirishkorlar jalb qilingan holda sabzavot va poliz ekinlarini ekishda yaqindan ko‘maklashildi.
Loyiha doirasida ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi. Iqtisodiy nochor oilalarga esa qoramol, qo‘y, parranda homiylik asosida olib berildi. Targ‘ibot tadbirlarida deputatlar va partiya faollari tomonidan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi nafaqat Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida, balki viloyatning boshqa hududlarida ham “Har bir inson baxtli yashashga haqli” shiori ostida amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasidagi ishlarda ham faol ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Sherzod MAMATQULOV,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring