Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar

31.03.2023, 15:56

Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar

Buxorodagi Osiyo xalqaro universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tashviqotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talaba - yoshlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari E.Aslonova, M.Baratova hamda O'zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari B.Ochilovlar Vatanimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon-Referendumni o‘tkazishning muhim jihatlari va ahamiyati, shuningdek, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Ta’kidlanganidek, Qonun loyihasining bir qator moddalarida mamlakatimizda har kim ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, davlat uzluksiz ta’lim tizimi uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha aniq normalar belgilab berilgan. Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini–o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega ekanligi asoslab berilgan.

Deputat E.Aslonova shu haqida so‘z yuritar ekan, Osiyo xalqaro universiteti talaba-yoshlari o‘z faoliyatlari va hayotlari davomida davtimiz tomonidan berilgan cheksiz imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalangan holda tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha aniq natijalarga erishishlariga ishonch bildirdi.

Deputat M.Barotovaning fikricha, Qonun loyihasidagi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan 14-bob bir yo‘la 5 ta moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib (76-80 moddalar) ularda oila, ota-onalar va ularning farzandlari manfaatlari bilan birga zimmalaridagi mas’uliyat yuzasidan ham aniq-ravshan so‘z yuritilgan. Tabiiyki, davlat ham bu borada o‘z zimmasiga qator vazifalarni olgan, ya’ni u yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishiga hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishiga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishiga,  bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi pishiq-puxta norma sifatida ushbu muhim siyosiy hujjatga kiritilgan.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga deputatlar tomonidan to‘laqoli javoblar berildi.

Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar.

  • Ko'rildi
    417
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+