Aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda

06.04.2023, 16:37

Aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamoliddin Meliboyev tomonidan M. Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikada "X. Abdullayev" mahallasi faollari ishtirokida  Referendum targ‘iboti o‘tkazildi.

Tadbirda J. Meliboyev yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuncha berib o‘tdi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham kiritilgan. Loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Deputat Asosiy qonunimizga kiritilayotgan normalar haqida gapirar ekan, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga ham javob berdi. Faollarning ushbu masaladagi fikrlari tinglandi.

Tadbir yakunida deputat barcha qatnashchilarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirib qoldi.

  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+