Xalqchil davlat tamoyili Konstitutsiyada o‘z ifodasini topmoqda

08.04.2023, 16:41

Xalqchil davlat tamoyili Konstitutsiyada o‘z ifodasini topmoqda

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Poykent Bukhara” mehmonxonasi majlislar zalida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendumga oid davra suhbati o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova, partiya viloyat, tuman va shahar Kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, faxriylar Kengashi a’zolari, mahalliy tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

 Tadbir O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Xamidov kirish so‘zi bilan ochdi. Konstitutsiyaviy islohotlarning hozirgi bosqichida shu yilning 30 aprelida mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi referendumiga  qizg‘in hozirlik ko‘rilayotganligi, joylarda bo‘lib o‘tayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida yangilanayotgan Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilayotganini ta’kidladi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Barotova yangi tahrirdagi Asosiy qonun xalqimizning huquq va manfaatlari erkinliklarining himoyasini har tomonlama ta’minlashini, zotan Bosh Qomusimizning barcha moddalarida inson omili oliy maqsad qilib olinganligini qayd etdi. Hech shubhasiz,  har bitta yurtdoshimiz Konstitutsiya sharofati tufayli huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy demokratik  davlatda amalga oshirilayotgan islohotlardan to‘liq bahramand bo‘lishi davra suhbati davomida qayta- qayta ta’kidlandi. Qonun loyihasidan o‘rin olgan eng ahamiyatli normalar tinglovchilar e’tiboriga havola qilindi.

Xalq  Konstitutsiyasida bepul tibbiy xizmat, uy joyga ega bo‘lish huquqi, o‘qituvchining qadr-qimmati, majburiy mehnatning taqiqlanganligi, o‘lim jazosining bekor qilinganligi kabi bir qator masalalar xususan, davlat boshqaruvi yuzasidan  batafsil ma’lumotlar berildi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+