Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashining navbatdagi tadbiri Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marxamat” monomarkazida bo‘lib o‘tdi.
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!”, “Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda partiya Toshkent shaxar kengashi raisi Ravshan Fozilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jayeva, monomarkaz direktori Aygul Sattorova hamda “Amir Temur” mahalla ahli faollari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam xuquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida yangilanayotgan konstitutsiyada O’zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu prinsipial qoidalarni o‘zgartirish mumkin emasligi alohida belgilab qo‘yilayotganini e’tirof etishdi. Shuningdek, davlat o‘z zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish uchug shart-sharoit yaratish, ularning ishga joylashishi, ta’lim olishiga ko‘maklashish majburiyatini olayotgani ham ayni tamoyilning yaqqol ifodasidir.
Uchrashuv jarayonida deputatlar konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan to‘liq va batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi. So‘ng barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Referendum tashviqoti tadbiri mahalla aholisi ishtirokida o‘tkazildi
28.04.2023, 11:36
Fikringizni qoldiring