Referendum tashviqoti tadbiri mahalla aholisi ishtirokida o‘tkazildi
28.04.2023, 11:36

O’zLiDeP Toshkent viloyat hamda Qibray tuman Kengashlari tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi, Qibray tuman hokimligi va “Ma’rifa” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘inida “Bu mening tanlovim, mening Konstitutsiyam!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimizda ko‘zga ko‘ringan taniqli ilm-fan, san’at va madaniyat arboblari hamda tuman aholisi ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan partiya tuman Kengashi raisi Botir Sobirov yurtimizda inson qadrini yuksaltirishda amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida fikr yuritarkan, tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonga hamnafas holda yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ham buning uzviy davomi bo‘layotganini ta’kidladi.
Aynan partiyamiz tashabbuskorligida boshlangan Konstitutsiyaviy islohot xalqimiz yuragidagi ayni muddao bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Qayta-qayta keng aholi qatlamlari va jamoatchilikning fikrlarini o‘rganish, tahlil qilish natijasida qariyb 65 foizga yangilanayotgan Qomus chinakam xalq Konstitutsiyasiga aylanishi muqarrarligini qayd etdi.
El-yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan xalqimiz mazkur jarayonda katta uyushqoqlik va jonbozlik bilan ishtirok etganini alohida e’tirof etdi.
Tadbirga yig‘ilganlarni butun xalqimiz ijodkorligida yaratilgan xalqchil Konstitutsiyani qabul qilish uchun bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida faol qatnashib, o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildirishga undadi.
Targ‘ibot tadbirida so‘z olgan ustazoda san’atkor, mohir maqom qo‘shiqlari ijrochisi, partiya faoli Aziz Rajabiy ham o‘zining yurtimizda kechayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarga bo‘lgan munosabatini bildirdi. Uning fikricha, mazkur xayrli siyosiy tadbir fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida, referendum orqali amalga oshirilayotgani tufayli ham yangilanayotgan Bosh Qomusimiz xalqimiz xohish irodasining ifodasi – haqiqiy xalq konstitutsiyasi bo‘lmoqda!
Bayramona ruhda kechgan tadbirda taniqli elimiz suygan xonandalarning yoshlik, muhabbat va ona yurt madhini tarannum etgan kuy-qo‘shiqlari davraga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bo‘lsa, jajji qizaloqlar tomonidan ijro etilgan dilbar raqslar o‘zgacha shukuh va fayz, jo‘shqin kayfiyat bag‘ishladi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring