Yoshlar haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat va jamiyat majburiyati etib belgilanmoqda

11.04.2023, 13:16

Yoshlar haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat va jamiyat majburiyati etib belgilanmoqda

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tashviqot tadbirlarining navbatdagisi O’zbekiston tumanidagi "Turon" o‘yingohida tuman aholisi va yoshlar ishtirokida tashkil qilindi.

Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Xodjayeva ishtirok etib, u o‘z so‘zida bugun barcha sa’y-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganini e’tirof etdilar.  Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidlashdi. Ayniqsa hujjatda yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekaniga yaqqol ishoradir.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada birinchidan, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi, degan norma mustahkamlanmoqda.

Ikkinchidan, davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy, ishga joylashish, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, degan me’yor ham kiritilmoqda.

So‘zi yakunida xalq vakili  yoshlarimizni xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdi.

  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+