Talaba yoshlar referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun yakdillik bilan ovoz berishlarini bildirdi

11.04.2023, 13:18

Talaba yoshlar referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun yakdillik bilan ovoz berishlarini bildirdi

O'zLiDeP Yunusobod tumani Kengashi tomonidan Toshkent moliya institutida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Yunusobod tuman Kengashi deputatlari, tashviqot guruhi a’zolari, universitet talabalari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbir jarayonida deputatlar ishtirokchilarga to‘liq va batafsil ma’lumotlar berishdi. Ta’kidlanganidek,  Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir. Deputatlar aholimizning 18 milliondan ortig‘i yoshlar ekanligi, ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga borib, 25 millionga yetishini hisobga olib, Konstitutsiyaga yoshlar masalasiga alohida bob kiritilayotgani muhim ahamiyatga egaligini alohida  ta’kidladilar. Shuningdek, Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini savollariga to‘liq javoblar olishdi. Tadbir ishtirokchilari 30 aprelda Yangilanayotgan Konstutsiya uchun yakdillik bilan ovoz berishlarini bildirdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+