Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada agrar soha vakillari uchun ham ko‘plab huquqiy imkoniyatlar yaratilmoqda

13.04.2023, 12:31

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada agrar soha vakillari uchun ham ko‘plab huquqiy imkoniyatlar yaratilmoqda

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov G’ijduvon tumanidagi “Tillo” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, hududdagi bir qator fermer xo‘jaligi rahbarlari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tomorqa yer egalari, tajribali dehqon va chorvadorlar bilan uchrashib, bo‘lajak referendum hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, xususan agrar sohadagi yangiliklar bo‘yicha ham o‘z fikr- mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada tadbirkorlar, fermerlar uchun ko‘plab huquqiy imkoniyatlar yaratilayotgani, davlat  o‘z zimmasiga bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qator majburiyatlarni  olayapti.

Partiya yetakchisi uchrashuv davomida shuningdek, mamlakatimizda klasterlar, fermerlar uchun yaratib berilayotan imkoniyat va imtiyozlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

Viloyatdagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo‘jaligi rahbari, O’zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov uchrashuvda so‘zga chiqib, Yangilanayotgan konstitutsiyada qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilanayotganligini aytib o‘tdi. Bu esa soha xodimlari uchun navbatdagi imkoniyatlar eshigi ekanligini ta’kidladi.  

Partiya lideri va uning hamrohlari shu kuni tumandagi “Tillo” fermer xo‘jaligi ekin maydonlarida ham bo‘lib, ayni paytda amalga oshirilayotgan dala dehqonchilik ishlari bilan ham tanishdilar.

Uchrashuvda fermer xo‘jaligi rahbari Olimjon Shodiyev Yangilanayotgan Konstitutsiyada agrar sohasi xodimlari uchun beqiyos huquq va imkoniyatlar aks ettirilganligidan mamnuniyat hosil qilgan holda, u rahbarlik qilayotgan xo‘jalik a’zolari 30 aprelda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini to‘la yoqlab yakdillik bilan ovoz berish istagida ekanliklarini, ushbu muhim siyosiy tadbirga befarq emasliklarini bildirdi. 

Uchrashuv davomida agrar sohasi xodimlarini qiziqtirgan savollarga referendumni o‘tkazish tartibi va Yangilanayotgan Konstitutsiyaga oid to‘laqonli javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+