Karmana tumanida 35 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz boshlang‘ich to‘lovsiz imtiyozli uy-joylar bilan ta’minlanadi
31.03.2018, 12:07
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “O‘z bolangni o‘zing asra” shiori ostida “Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas” mavzuida tashkil etilgan tadbir Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.
Tadbirda mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tumanida 35 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz boshlang‘ich to‘lovsiz imtiyozli uy-joylar bilan ta’minlanishi uchun davlat dasturiga kiritilgani ta’kidlandi.
– Bugungi tadbir xotin-qizlar orasida sodir etilayotgan jijonyatlar va oilaviy ajrimlarni oldini olish, ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi, – deydi tuman “Bandlikka ko‘maklashish” markazi direktori M. Sharipova. – Ayni chog‘da “Baxt tekstil” korxonasida 500 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, shundan 150 ta ish o‘rni xotin-qizlar uchun yaratilgan. “Mir tekstil” trikotaj mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonada esa 50 ta bo‘sh ishchi o‘rni mavjud. Shu bois, tadbir davomida ish so‘rab murojaat qilgan xotin-qizlarni mazkur korxonalarga ishga joylashtirdik.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring