Quyi bo‘g‘inlar faoliyatini jonlantirish – ustuvor vazifamiz

04.05.2023, 16:16

Quyi bo‘g‘inlar faoliyatini jonlantirish – ustuvor vazifamiz

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Unda viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov so‘zga chiqib, boshlang‘ich partiya tashkilotlari ishini jonlantirish, a’zolarni partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olish, quyi bo‘g‘inlar bilan deputatlar hamkorligida elektoratni qiynab kelayotgan muammolarning maqbul yechimlarini topishga erishish,  saflarni bilimdon va tashabbuskor yoshlar hisobiga kengaytirish, joylarda O’zLiDeP dasturiy maqsadlarini keng targ‘ib qilish borasidagi dolzarb vazifalar haqida batafsil so‘zladi.

-Bugun viloyatimizda 1112 ta BPT bo‘lib, 102 245 nafar partiya a’zolarini qamrab olgan, - dedi A. Sherov. – Ammo barcha quyi bo‘g‘inlar ham yetarli darajada faoliyat olib borayapti deb bo‘lmaydi. Bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlari buni yaqqol isbotladi. Bugun oldimizda turgan eng dolzarb vazifa partiya tayanch tuzilmalari ishini davr talablari darajasida tashkil etishdir. Har bir tuman, shahar kengashlari mas’ullari   boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati va a’zolar sonini bir hafta ichida yana bir bor sinchiklab o‘rganib, talabga javob bermaydigan quyi bo‘g‘inlarga yangi yetakchilar saylashni davom ettirishi kerak. BPTlar faoliyatini yil davomida tanqidiy-tahliliy o‘rganish bir lahza bo‘lsa-da to‘xtamasligi lozim. 

Yig‘ilish so‘ngida viloyatdagi partiyaning barcha siyosiy tayanch nuqtalari faoliyatini takomillashtirish,  joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb ishlar yuzasidan quyi bo‘g‘in yetakchilari, partiya faollari va mahalliy kengash deputatlari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.   

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+