O‘zLiDeP Markaziy saylovoldi shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

15.05.2023, 14:25

O‘zLiDeP Markaziy saylovoldi shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Markaziy saylovoldi shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur majlisda partiyaning hududiy kengashlarida tashkil qilingan saylovoldi shtablari a’zolari, partiyaning mas’ul vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda O‘zLiDePning Markaziy va hududiy kengashlardagi saylovoldi shtablarining asosiy vazifalari belgilab olindi. Xususan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari, tuman (shahar), viloyat konferensiyalarini samarali tashkil qilish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish borasida vazifalar belgilab berildi. Shuningdek partiya caylovoldi kampaniyasining mafkuraviy, axborot-tahliliy va PR ta’minoti, OAV bilan ishlashni muvofiqlashtirish kabi muhim masalalarda ham aniq vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+