MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv

07.07.2023, 20:42

MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv

2023 yilning 7 iyul kuni O’zLiDePda MDH Parlamentlararo assambleyasining xalqaro kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisining o‘rinbosari, MDH Parlamentlararo assambleyasining guruh koordinatori Asanov J.K., Bosh kotib - MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Kotibiyati rahbari Kobitskiy D.A.; MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Kotibiyatining rahbar o‘rinbosari – MDH Parlamentlararo assambleyasiga a’zo davlatlarda demokratiya, parlamentarizmni rivojlantirish va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori Mushket I.I. va boshqalar ishtirok etdi.

Xalqaro kuzatuvchilar partiyaning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlangani e’lon  qilinganidan buyon  amalga oshirayotgan faoliyati bilan tanishdilar. Saylovoldi kampaniya amaldagi qonunchilikka qat’iy muvofiq tarzda amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatimizning turli viloyatlarida prezidentlikka nomzod va uning ishonchli vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda, ular yurtimiz OAV da keng yoritilmoqda.

O’z navbatida, mehmonlar tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, o‘z maqsad va vazifalarini qisqacha so‘zlab berishdi. Xalqaro kuzatuvchilarning ishi kompleks xususiyatga ega bo‘lib, ular bir tomondan o‘tkazilgan monitoring bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirsa, boshqa tomondan, saylov jarayonini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikning umume’tirof etilgan demokratik standartlarga  muvofiqligini tahlil qilishadi.

Uchrashuv doirasida kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Uchrashuv  samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP matbuot xizmati

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    1521
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+