Ishonchli vakil faxriylar va yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

06.07.2023, 12:14

Ishonchli vakil faxriylar va yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Sayyora Fayziyeva O’rta Chirchiq tumanidagi 3-sonli informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktabida saylovchilar bilan uchrashdi. 

Saylovoldi tashviqot uchrashuvida tuman faollari, mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari, faxriylar, aholi hamda yoshlar vakillari ishtirok etishdi.

Partiya nomzodining Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan beshta ustuvor maqsad hamda ular doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yetti yillik istiqbol rejalari haqida batafsil to‘xtaldi.

Ishonchli vakilning qayd etishicha, partiya nomzodi Shavkat Mirziyoyev Saylovoldi dasturining bosh falsafasi – inson qadrini ulug‘lash, xalq irodasini, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish. Unda o‘tgan yillarda mamlakatda qilingan ishlardan kelib chiqib, keyingi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami aniq belgilab berilgani g‘oyat ahamiyatlidir.

Tashviqot uchrashuvida tuman faollaridan bir guruhi so‘z olib, o‘z munosabatlarini bildirisharkan, nomzod saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishish asnosida jamiyat va davlat rivojida muhim bo‘lgan barcha masalalar qamrab olinganiga guvoh bo‘lishganini ta’kidlashdi. Dasturga ko‘ra, kelgusi yetti yilda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning davom ettirilishi, sud mustaqilligini oshirish va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosat olib borish borasidagi islohotlarning davom ettirilishi ularga ma’qul kelganini qayd etishdi.

 Tashviqot tadbiri yakunida ishonchli vakil Sayyora Fayziyeva Yangi O’zbekistonni barpo etish yo‘lidan qat’iyat bilan og‘ishmay borayotgan, barchani mana shu oliy maqsad yo‘lida birlashtirayotgan munosib nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    1537
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+