Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

28.07.2023, 15:55

Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor har qachongidan yuksaldi. Buni har qadamda kuzatish mumkin. Har sohada jamiyatda ayollarning o‘rni mustahkamlanib bormoqda. Siyosiy maydonda o‘z ovoziga ega deputat, faol xotin-qizlar safi kengaymoqda. Tadbirkor, fermer, bir so‘z bilan aytganda, ishbilarmon ayollar soni kundan kun ortmoqda.

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi ham mana shu amaliy ishlarning bir ko‘rinishidir.

Xorazm IT-PARK binosida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovning Urganch shahar bosqichida xotin-qizlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etib, ularning zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rini yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqargani, aholiga xizmat ko‘rsatishni qay darajada yo‘lga qo‘ygani, partiyamiz tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlardagi faolligi, o‘z faoliyatida uchrayotgan to‘siq va g‘ovlarni qay darajada bartaraf eta olayotganiga e’tibor qaratildi.

- Tadbirkorlik faoliyatim davomida 100 ga yaqin ishchi o‘rni yaratdim,- deydi “Zulxumor tekstil” MChJ rahbari Svetlana Matyakubova. -Mahsulotlarimiz asosan Rossiya va Moldaviya bozorlarini zabt etdi. Joriy yil boshidan bugungi kungacha 66 ming AQSh dollaridan oshiq tayyor tekstil mahsulotlari eksport qilindi. Korxonada, shuningdek, Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ishchi o‘rinlari ochish maqsadida poliestirli ip ishlab chiqarishni amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan bo‘lib, Rossiya davlatidagi hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib borilmoqda. Loyiha amalga oshishi hisobiga yana qo‘shimcha 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa “Zulxumor tekstil” MChJ rahbari Svetlana Matyakubova, 2-o‘ringa “Maskarat lider stars” oilaviy korxona rahbari Go‘zal Ibragimova hamda 3-o‘ringa “Darital shoyes” MChJ  rahbari Gavhar Jumanovalar loyiq deb topildi.

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+