Tadbirkorlarga sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi

06.07.2023, 12:21

Tadbirkorlarga sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zbekiston Liberal- demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Rashid Ro‘ziboyev Shovot tumanida bo‘lib, “O’zTeX Shovot” MChJ da binosida  shovotlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman  Kengashi deputatlari, partiya faollari,  BPT a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab partiya viloyat raxbari Islom Fayzullayev yig‘ilganlarni  nomzodning ishonchli vakili bilan tanishtirdi.

Ishonchli vakil nomzod saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini keng yoritib berarkan, unda belgilangan asosiy beshta ustuvor maqsad borasida batafsil ma’lumot berib, nomzodning saylovoldi dasturiga binoan mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‘sishi ta’minlashda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida so‘zladi.

Xususan, 2030 yilgacha iqtisodiyotimiz o‘sish sur’atlari 2 barobar ko‘tarilib, 160 milliard dollarga yetkaziladi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshiriladi.

Kelgusi yillarda 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi. Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

Eng quvonarlisi, vaqtida soliq to‘layotgan korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarish muddati bir kun etib belgilanadi hamda ularda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi, davlat xaridlarida ustunlik beriladi.

Uchrashuv yakunida ishonchli vakil Shavkat Mirziyoyev nomzodini bo‘lajak saylovda qo‘llab, ovoz berishga barchani chaqirdi.

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    1606
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+