O‘zLiDeP quyi bo‘g‘inlarida tuman konferensiyalariga delegatlar saylanmoqda

15.05.2023, 18:26

O‘zLiDeP quyi bo‘g‘inlarida tuman konferensiyalariga delegatlar saylanmoqda

Ma’lumki, shu yilning 9 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zLiDeP hududiy tashkilotlarida ham tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Ayni paytda joylarda partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarining umimiy yig‘ilishlari tashkil qilinyapti.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida faoliyat olib boayotgan O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining yig‘ilishida bosh direktor, O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Shuhrat Aslanov so‘zga chiqib, ushbu siyosiy jarayonni uyushqoqlik bilan tashkil qilish, unda boshlang‘ich partiya tashkilotlarning ham roli muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bugun O’zbekistonda yangi davr boshlangani va uning huquqiy asosi yaratilgani, Prezident saylovini muddatidan oldin o‘tkazish zarurat sifatida e’tirof etilganligi, Davlat va jamiyat hayoti, kelgusi taraqqiyoti, yurt istiqboli yo‘lidagi ulug‘vor ishlar davlat hokimiyati tizimini yangilashni taqozo etayotganligini alohida ta’kidlandi.

- Yangilanayotgan O’zbekistonimizda Inson va biznesning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamda ma’muriy islohotlar amalga oshirilmoqda, -dedi Shuhrat Aslanov. -  Endilikda  viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini yaxshilash borasidagi vazifalar amalga oshirilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratiladi.  Bo‘lajak saylovni qonunga to‘la muvofiq holda, ochiq va oshkora tarzda o‘tkazishga munosib hissa qo‘shish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilab olayapmiz. Partiyamiz tomonidan  yurtimiz tinchligi va uning ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqadigan munosib nomzodni ko‘rsatilishi mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo‘lini qat’iy davom ettirishga xizmat qilishi shubhasiz. Deputatlarimiz va faollarimiz  xalqimiz o‘rtasida keng ko‘lamda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini boshlab yubordilar. Asosiy maqsad – xalqimiz o‘z huquqlarini, huquqiy kafolatlarni teran anglab, ulardan samarali foydalana olishiga erishish, Yangi O’zbekiston ulug‘vor g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqarish, fuqarolar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘z hayotida yaqqol his etib turishini ta’minlashga qaratilgan.

  BPT raisi Xurshid Berdiyevning e’tirof etishicha, jamiyat ishchi-xizmatchilari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish borasidagi ishlarga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. O’tgan qisqa fursatda o‘nlab yangi loyihalar amaliyotga tatbiq etilib, ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi, mahsulot sifati yaxshilandi. Jamiyatda erishilayotgan yutuqlarga  paartiya faollari munosib hissa qo‘shmoqdalar. Ular ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, modernazitsiyalash ishlarining tashabbuskorlari va tashkilotchilari sanalishadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshlang‘ich tashkilot bilan partiyamiz deputatlari o‘rtasida hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi bois aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topilmoqda.

Yig‘ilishda “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘g‘risida” chora-tadbirlar belgilanib, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” boshlang‘ich partiya tashkilotidan G’uzor tuman partiya tashkilotining navbatdagi  XII Konferensiyasiga delegatlar  saylandi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+