Quyi bo‘g‘inlarning umumiy yig‘ilishlari qizg‘in tus olmoqda

16.05.2023, 18:28

Quyi bo‘g‘inlarning umumiy yig‘ilishlari qizg‘in tus olmoqda

Muborak gazni qayta ishlash zavodi boshlang‘ich partiya tashkilotining yig‘ilishida zavod direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi Shermat Shamsiyev yurtimizda davom etayotgan siyosiy-iqtisodiy jarayonlarda partiya faollarining o‘rni, O’zLiDeP Siyosiy Kengashining XIV navbatdagi majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, muhim siyosiy jarayonni yuqori saviyada tashkil etishda quyi bo‘g‘in faollari oldida turgan vazifalar haqida ma’ruza qildi. So‘zga chiqqan deputat va faollar voha iqtisodiyotining salohiyatli sanoat korxonasi sanalgan zavodda bir kecha-kunduzda   48 706 ming m3 tabiiy gaz, 840 tonna suyultirilgan gaz, 226 tonna gaz kondensati, 686 tonna oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarish borasidagi ishlarga partiya a’zolari ham munosib hissa qo‘shayotganliklarini alohida ta’kidladilar. Ularning tashabbusi asosida siquv kompressorlar stansiyasi gaz haydash agregatlaridan chiqayotgan yongan gazlaridan ajralgan issiqlik energiyasi hisobiga elektr energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Ta’kidlandiki, korxonada sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit xavfsizligi masalalariga katta e’tibor beriladi. Zavodda xalqaro standartlar ISO 45001 xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi menejmenti tizimi, ISO 14001 ekologik menedjment tizimi, ISO 50001 energiya menejmenti, ISO 9001:2015 halqaro standarti tizimlari joriy qilingan. Ichki va tashqi bozorga eksport qilish uchun yuqori sifatli hamda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik yangilashga asosiy e’tibor qaratilayotir.

Zavod qoshida  faoliyat olib borayotgan Intellektual yoshlar markazida   vohadagi neft va gaz sanoati korxonalarida faoliyat yuritayotgan yosh, istiqbolli kadrlarni malakasi oshirib kelinmoqda. Bu yerda yosh mutaxassislarning sohaga oid bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishlari uchun texnik kitoblar va badiiy adabiyotlar jumladan, elektron va QR kodli adabiyotlar bilan boyitilgan zamonaviy kutubxona mavjud bo‘lib, xorijiy neft va gaz korxonalari bilan onlayn tajriba almashishlari uchun barcha imkoniyatlar  yaratilgan. Korxona yoshlarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirokini ta’minlashda ko‘maklashish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni izchil davom ettirish borasida ham keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.  Zavod maketi va zavodning kechagi va bugungi kunini aks ettiruvchi eksponatlar o‘rin olgan.  Tuman konferensiyasiga mazkur o‘quv markazi boshlig‘i, tuman kengashi deputati Aktam To‘rayev delegat etib saylandi.

  • Ko'rildi
    339
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+