Mas’uliyat yanada oshadi
24.05.2023, 12:55

O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi saylovoldi muhim tadbirlardan biri – tuman, shahar konferensiyalarini belgilangan muddatlarda o‘tkazdi.
E’tiborlisi, partiya faollari bo‘lajak Prezident saylovini mamlakatimiz hayotida eng muhim siyosiy jarayon ekanligini inobatga olgan holda ushbu tadbirlarni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatishdi.
Partiya Buxoro shahar tashkilotining navbatdagi konferensiyasida ana shunday ijobiy jihat kuzatildi. Uni shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Ruslan Zagretdinov olib bordi.
Qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda muddatidan ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etish, mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda saylov bilan bog‘liq barcha tashkiliy tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu muhim jarayonda o‘z atrofiga 11 844 nafar a’zoni birlashtirgan partiya Buxoro shahar tashkiloti hisobidagi 96 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faol.
- Turli millat vakillaridan iborat xalqimiz hamjihatligi o‘tgan umumxalq referendumida yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish jarayonida aniq ko‘zga tashlandi, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi F. Aminov. – Endi esa barchamiz navbatdagi muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovi arafasida turibmiz. Demakki, partiyamiz faollari, tuman va shahar kengashlari huzurida tashkil etilgan saylovoldi shatabi a’zolari zimmasidagi mas’uliyat bir necha barobarga oshadi.
Konferensiyada viloyat partiya tashkilotining navbatdagi anjumaniga 39 nafar delegat saylandi. Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring