Kelajak avlod taqdiriga befarq emasmiz
25.05.2023, 19:46

O‘zLiDeP Andijon viloyati kengashi tasarrufida 886 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. Ularda 89 ming 770 nafar a’zo jipslashgan.
Islohotlar samaradorligida katta mas’uliyatni zimmasiga olgan quyi bo‘g‘inlar siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini aholi qatlamlari orasida keng targ‘ib qilish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida yig‘ilishlarini o‘tkazishdi. Mana shu tayanch tuzilmalarda saylangan delegatlar mahalliy kengashlar konferensiyalarida ishtirok etishdi. Ularning eng munosiblari viloyat konferensiyasiga taklif etildi.
– Bugun barchamiz mamlakatimiz kelajagi, uning ertasi va ravnaqini belgilab beradigan muhim siyosiy jarayonda qatnashyapmiz, – dedi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova. – Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod va uning taqdirini belgilab beruvchi palladir.
Konferensiya ishida 150 nafar delegat qatnashdi. Unda prezident saylovida faol ishtirok etish hamda O‘zLiDeP XI s’ezdiga qatnashish uchun Andijon viloyatidan delegatlar saylandi.
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring