O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi

25.05.2023, 20:30

O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlarining navbatdagi konferensiyalari tashkil etilmoqda.

Konferensiya majlislarida muddatidan oldin O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda partiyaning XI S’ezdiga delegatlarni saylash masalalari qizg‘in muhokama qilinyapti.

Xususan, O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazilib, unda partiyaning barcha quyi bo‘g‘inlari, tuman konferensiyalaridan saylangan delegatlar qatnashdi.

Ayni paytda o‘z safida qariyb 112 608 nafar a’zolarni birlashtirgan partiyaning Toshkent shahar tashkilotida salkam 1452 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib boryapti. Dastlab ushbu tayanch bo‘g‘inlarining barchasida umumiy yig‘ilishlar, tuman partiya tashkilotlarining konferensiyalari o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilganligiga alohida urg‘u beridilar. Birgina tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib yanada erkinlashtirish bo‘yicha qator ishlar bajarilgani, jumladan, tadbirkorlar faoliyati ustidan turli tekshiruvlarga moratoriy joriy qilingani, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tubdan soddalashtirilgani, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish, raqobatni qo‘llab-quvvatlash orqali davlatning iqtisodiyotga aralashuvi cheklangani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, natijada O’zbekistonda tadbirkorlar soni qariyb 2 millionga yetgani, tadbirkorlik sub’ektlarida ish bilan band bo‘lganlar soni ham bir necha barobar oshgani ta’kilab o‘tildi. Ushbu amaliy ishlar respublikamizning barcha tuman, shaharlarida o‘z ifodasini topayotganligini alohida e’tirof etishdi.

O’z navbatida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekanligi qayd etildi. Partiyaning butun maqsad istagi olijanob va tanti xalqimizga sidqidildan xizmat qilish, olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqchida davom ettirish, yurtimizni dunyoning yetakchi davlatlari safidan o‘rin olshishi uchun xarakat qilish, mana shu yo‘lda butun xalqimizni birlashtirishdan iborat ekanligi e’tirof etildi.

Konferensiya so‘ngida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI S’ezdida qatnashish uchun Toshkent shahar partiya tashkilotidan delegatlar saylandi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+