Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45

Urganch shahridagi IT markazda O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashining XII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda 104 127 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan partiya viloyat Kengashi tarkibida 1 139 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud bo‘lib, hozirda ushbu tayanch bo‘g‘inlarining barchasida bo‘lajak Prezident saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda shahar konferensiyasiga delegatlar saylash masalalariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar, shahar, tuman tashkilotlarining konferensiyalari uyushqoqlik bilan tashkil etilyapti.
Urganch shahridagi IT markazda o‘tkazilgan viloyat konferensiyasida partiya faollari, deputatlik guruhi a’zolari, shahar, tuman delegatlari ishtirok etdi. Konferensiyada viloyatda muhim siyosiy jarayon O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI Syezdiga delegatlar saylash masalalari muhokama etildi. Yig‘ilishda partiya viloyat tashkilotining faoliyati ham tahlil qilindi.
So‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilganiga alohida urg‘u berdi. Birgina tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib yanada erkinlashtirish bo‘yicha qator ishlar bajarilgani, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tubdan soddalashtirilgani, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish, raqobatni qo‘llab-quvvatlash orqali davlatning iqtisodiyotga aralashuvi cheklanganini alohida ta’kidladi.
O’z navbatida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekani qayd etildi.
Konferensiya so‘ngida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI Syezdida qatnashish uchun Xorazm viloyatidan delegatlar saylandi.
Nasiba Vaisova,
OʼzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
Jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri.
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring