O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Yangibozorda 50 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

04.04.2018, 09:52

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Yangibozorda 50 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zLiDeP Yangibozor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom va mustahkam oila–jamiyat boyligi va kelajak poydevori” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda  yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ona va bola salomatligiga e’tibor qaratish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, navqiron avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

–Aholi salomatligini mustahkamlash borasida  MFY hamda oilaviy poliklinikalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini beryapti, – deydi Uyg‘ur QVP mudirasi Gulamdon Jumaniyazova. – Bizning asosiy maqsadimiz kasallikni o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir hastaliklarning oldini olish, asoratlarini o‘z vaqtida sifatli davolashdan iborat. Zero, sog‘lom onadan, sog‘lom otadan sog‘lom farzandlar dunyoga keladi.       

Tadbir so‘nggida 50 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

                                                                                Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1653
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+