Poytaxtning ishbilarmon ayollari aniqlanmoqda

21.07.2023, 11:45

Poytaxtning ishbilarmon ayollari aniqlanmoqda

Toshkent shahrida “Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

O’zLiDeP Toshkent shahar Yunusobod tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida tumandagi eng faol tadbirkor ayollar, yurtimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlar, xunarmandlar, tikuv sexlari rahbarlari faol ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlaridagi faol ishtiroki rag‘batlantirilib 1, 2, 3 - o‘rinlar hamda nominatsiya g‘oliblari belgilab berildi. Unga ko‘ra 3-o‘rinni “OLLEE” MChJ direktori Li Olesya Yevgenevna egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni “MODERN FURNITURE” MChJ rahbari Venera Botsmanova egalladi. 1-o‘rin g‘olibasi esa “BEMBY KIDS COLLECTION” MChJ direktori Fotima Murodaliyeva egallab shahar-respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, mazkur ko‘rik-tanlovining Yakkasaroy tuman bosqichida “Zamonaviy tashabbuskor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha “Yodgora plyus” oilaviy korxona raxbari Yodgor Rasulova egallagan bo‘lsa, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha Madinabonu Zokirova qo‘lga kiritdi. 3-o‘rinni minglab ayollarni ish bilan ta’minlab, ularni bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali o‘tishiga o‘zining xissasini qo‘shib kelayotgan Kamola Xaitboyeva egalladi.

Yana bir 3-o‘ringa zardo‘shtlik san’atini yoshlarga ayollarga beminnat o‘rgatib kelayotgan minglab shogirdlarning ustozi Feruza Sagatova loyiq deb topildi. 2-o‘rinni milliy ruhdagi taqinchoqlarni yasashda yuzdan ortiq ayollarimizni bandligini ta’minlashda mohirlik bilan ustozlik qilib kelayotgan va bugungi kunda o‘z mahsulotlarini chet davlatlarga va turistlarga yetkazib, o‘zbek milliy va qadriyatlarimizga sodiqlik bilan xizmat qilayotgan Mushtariybonu Komilova egalladi.

1-o‘rin g‘olibasi esa “Bibinur” o‘quv markazi rahbari Bibinur Muhammadiyeva egallab shahar-respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G’oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    437
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+