Ishchi guruh Sirdaryoda nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordi

22.08.2023, 11:12

Ishchi guruh Sirdaryoda nazorat-tahlil tadbirlarini  olib bordi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi parlament quyi palatasi deputatlari, shuningdek, mahalliy kengashlardagi partiya vakillari Sirdaryo viloyatida joylashgan “Akbar biznes stroy” MChJda faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur sayyor uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023 yil 27 iyul kungi o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan hududlarda deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Nafaqat sirdaryoliklar, balki viloyatdan tashqarida ham tanilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Zinnur” brendi ostida bir necha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxona burun ijarada turgan kichik tadbirkorlik sub’ekti edi. Endi esa u bir emas, qator ishlab chiqarish liniyalariga ega yirik birlashma.

Guliston shahridagi 2,3 gektar sathli bo‘sh bino 14,5 milliard so‘m investitsiya kiritish sharti bilan tenderda yutib olinganida “Zinnur” jamoasi atigi 20 nafar xodimdan iborat edi.

- Bugungi kunda ishchi-xodimlar soni 165 nafarga yetdi. Hozir krossovka, kiyim-kechak, mebel jihozlari, lok-buyoq singari ko‘p tarmoqli ishlab chiqarishga egamiz, - deydi birlashma rahbari Nosirjon Egamberdiyev. - Barcha mahsulotlarimizga talab yuqori. Bu qulay ishlab chiqarish maydoniga egaligimiz hamda texnologik yangilanishlarga alohida e’tibor qaratish samarasi, albatta. Masalan, 1,5 million AQSh dollariga yangi poyabzal tayyorlash uskunalari olganimiz tufayli bir necha ko‘rsatkichlarimizni yaxshilab oldik.

MChJda mahsulot ishlab chiqarish to‘liq mahalliylashtirilgan. Yuqori sifat tufayli tannarx arzonlashgan. Undan tashqari korxonada ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Aktam Xaitov boshchiligidagi deputatlar shundan so‘ng Guliston shahrida joylashgan “Ma’naviyat” MFY binosi va beshlik faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Mazkur mahallada 576 ta xonadon, 677 ta oila bo‘lib, umumiy aholi soni 3 577 nafarni tashkil qiladi. Beshlik tomonidan odamlarning og‘irini yengil qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari yaxshi tashkil qilingan.

Xotin-qizlar misolida aytadigan bo‘lsak, 2022 yilda “Ayollar daftari”ga 56 nafar 30 yoshdan oshgan ayollar kiritilgan edi. 2023 yilda 80 nafar ayol shu ro‘yxatga kiritilib, tegishli yordamlarni olishdi. O’tgan yil oxirida noturar joyda yashovchi 6 nafar fuqaroga uy-joy berildi.

Joriy yilda esa ikki nafar kishiga uy-joy berildi. Ikki nafar fuqaroga 9 oy muddatga ijara konpensatsiyalari to‘landi. Nogironligi bo‘lgan ayollarimizga ham tegishli yordamlar berildi. 33 nafar ishsiz bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarimizni 10 nafariga subsidiya tariqasida tikuvchilik va qandolatchilik anjomlari berildi. 15 nafariga esa imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi orqali bandligi ta’minlandi.

Hokim yordamchisi tomonidan kasbga o‘qitish uchun tavsiyanomalar, imtiyozli kreditlar ajratilishi orqali aholi bandligi ta’minlandi. Yoshlar yetakchisi sa’y-harakati bilan 6 nafar yoshga kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi. 2 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam ajratildi. 2 nafar yoshga davolanish puli to‘landi. 17 nafar yosh monomarkazga o‘qishga yo‘llanma berildi. 15 dan ortiq yoshlar ishga joylashtirildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat

kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+