Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining sessiyasida qator masalalar muhokama qilindi

23.08.2023, 14:58

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining sessiyasida qator masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 22 avgust kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining 70-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga ko‘ra 5 ta muhim masala, xususan, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, sanoat va tadbirkrlikni rivojlantirish, joriy o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, yoshlar bilan ishlash, aholini tadbirkorlik qilishi uchun ajratilayotgan kredit va subsidiyalar, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Birinchi masala yuzasidan Mirzaobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Arziyev axborot berdi. Ta’kidlanganidek, tumanida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish borasida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda tizimli ish olib borilmoqda.

Bugungi kunda tumanda jami 67.2 ming.gektar yer maydonlari mavjud bo‘lib, shundan 32.721 ming.gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sug‘oriladigan yerlarni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yerlarning 7,5 ming.gektarida paxta, 4,0 ming.gektar g‘alla, 2,9 ming.gektar chorvachilik yerlari, 926 gektar bog‘, tok, tutzorlar va 1.4 ming.gektar boshqa ekinlarni tashkil qiladi.

Paxtachilik bo‘yicha o‘tgan yilda 7.5 ming.gektar maydonda chigit ekilib, 26,2 ming tonna hosil yetishtirilgan bo‘lsa, g‘allachilikda joriy yil hosili uchun 3.5 ming gektar maydonda boshoqli don ekilib, 22,4 ming.tonna don yetishtirildi. Shuningdek, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish va go‘sht mahsulotlarini yetishtirish borasida ham salmoqli ishlar olib borilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari 1127 gektar kam hosilli paxta–g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari 1711 nafar “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftari”da ro‘yxatda turganlar hamda ishsiz fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ajratib berilgan bo‘lib, qolgan 203 gektar yer maydonlar ochiq elektron platformasida qo‘ylgan.

Yana bir muhim masala, joriy yilda g‘alladan bo‘shagan 2500 gektar yer maydonlarga takroriy ekin ekish ishlari amalga oshirildi. Tumandagi 2600 ta fuqarolarga takroriy ekin ekish uchun 2500 gektar yer ajratib berildi.

Umuman olganda, qishloq xo‘jalik yo‘nalishida 2023 yilda jami 3376 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kungacha 2940 nafar aholi bandligini ta’minlandi.

Sessiyada keyingi yana bir muhim Mirzaobod tumanida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Xatamovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, tumanda 2023 yilning yanvar–iyul oylarida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 302,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,3 foizni tashkil etdi Shundan 127,7 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 42,2 foizni kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qiladi. Tumanda 24 ta xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar sanoat ishlab chiqarish 302,6 mlrd. so‘mga, o‘sish 105,3 foizga, aholi jon boshiga nisbatan 6,9 mln. so‘mga bajarilgan. Tumanda tijorat banklari tomonidan birinchi yarim yillikda barcha sohalarga berilgan kreditlar 36,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shundan, kichik biznes sub’ektlari va aholi tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil boshidan buyon 16,1 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning 188,0 mln.so‘mi sanoat va ishlab chiqarishga, 3,2 mlrd.so‘mi qishloq xo‘jaligiga, 12,7 mlrd.so‘mi xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirildi.

Hokim yordamchilari tomonidan olti oy davomida 5400 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 997 ta loyihalarga 18,0 mlrd.so‘mlik shundan, yosh tadbirkorlar uchun 5,4 mlrd.so‘mlik (299 nafarga), ayol tadbirkorlar uchun 6,3 mlrd.so‘mlik (348 nafarga) kredit mablag‘lari ajratildi.

O’tgan yarim yillikda ajratilgan kreditlarni 466 tasi 5,6 mlrd.so‘m xotin-qizlar tadbirkorligi uchun, 336 tasi 6,6 mlrd.so‘mi yoshlar tadbirkorligi uchun ajratilgan kredit mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Ushbu ajratilgan kreditlar ustuvor ravishda “Ayollar daftari”da, “Yoshlar daftari”da, “Temir daftar”da turadigan ishsiz fuqarolarga yo‘naltirilmoqda.

Sessiyada 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish, hokim yordamchilari tomonidan ajratilgan subsidiya va kreditlarning maqsadli sarflanishi hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar havfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari ham tinglandi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning savolllariga mas’ullarning javoblari tinglandi, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan muxokamalar olib borildi, ularni bartaraf etish yuzasidan sessiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    88
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+